Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sevimli qo‘shiqlaringizni tarjima qilib beruvchi ilova

Sevimli qo‘shiqlaringizni tarjima qilib beruvchi ilova

Foto: "Ixbt.com"

Ba’zan musiqa, ohang yoki ovozga mahliyo bo‘lib, so‘zlari biz uchun tushunarsiz xorijiy musiqalarni ham jon qulog‘imiz bilan tinglaymiz. “Deezer” xizmati ikki hissa rohat olishimizni ko‘zlab, qo‘shiq matnini tarjima qiladigan ilova yaratdi.

Bu raqobatchilari qo‘l urmagan mutlaqo yangi g‘oyadir. Ayni vaqtda ilova inglizcha qo‘shiqlarni fransuz, nemis, ispan, portugal tillariga o‘giryapti. Yaqin orada safga boshqa tillar ham qo‘shilish arafasida.

Hozir ilovada o‘n mingdan ortiq qo‘shiqlarning tarjimasi bilan tanishishingiz mumkin. Kompaniya foydalanuvchilarga sozlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring