Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sabzovotlarni arzonlashtirish yo‘li topildi

Sabzovotlarni arzonlashtirish yo‘li topildi

Foto: Texnologiya-biznesa.rf

Rossiyalik talabalar tomonidan ishlab chiqilgan sabzavotlarni saqlash sharoitlarini monitoring qilish tizimi omborlardagi nuqsonlarni 30 foizga kamaytirish imkonini beradi.

Boshqird davlat tibbiyot universiteti va Timiryasov nomidagi Qozon innovatsion universiteti talabalari ishlanma mualliflari sanaladilar.

Tizim havo haroratini kuzatib va sabzovotni saqlash usulini hisoblab boradi. So‘ng shunga muvofiq ma’lum sharoitlarda ekinlarning saqlash muddati haqida farazlar taqdim etadi. Bundan tashqari, dastur omborda bo‘sh joy borligini ham taxmin qiladi.

Ishlab chiquvchilarning ishonchi komilki, shu tariqa konservalangan tovar sifatiga ega meva-sabzavot mahsulotlari miqdori 30 foizga oshadi. Do‘kondagi sabzavotlar kamroq buziladi va deyarli uchdan bir qismga arzonlashishi mumkin. Loyihani sinovdan o‘tkazish shu yilga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring