Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robot-chumoli hasharotlar hayotini o‘rganadi

Robot-chumoli hasharotlar hayotini o‘rganadi

Foto: "Web-zoopark.ru"

Bristol universiteti olimlari chumolilar hayotini o‘rganish uchun ularning o‘zlariga o‘xshash kichik robot yaratdilar. U chumolilarning xatti-harakatiga taqlid qilgan holda ma’lumot to‘playdi.

Tajriba uchun olimlar ikkita chumoli uyasi joylashgan sinov maydonchasini yaratdilar. Uning tepasiga turli yo‘nalishlarda harakatlana oladigan robot qurilmani joylashtirdilar.

Ayon bo‘ldiki, chumolilar o‘zlarining oralaridagi rahbarga ergashib, yo‘lni yodda saqlaydilar va orqaga qaytish yo‘lini topadilar. Faqat boshliq chumoli atrofga qarash va diqqatga sazovor joylarni eslab qolish imkoniyatini berishi kerak.

Yangi tadqiqot tirik organizmlarda bilimlarni uzatish jarayonini tushunishga yordam beradi. Bu ta’lim strategiyalari va usullarini ishlab chiqishda qo‘l keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring