Robot-barmen bor joyda mijozlar buyurtmani kutib qolmaydilar

Isroilda barmen-robot ishlab chiqildi. U talabalarga mehmonnavozlik borasida texnologik va innovatsion bilimlar beradi. Bo‘yi 2 metrlik robotga Sesiliya deb ism qo‘yishdi.
Barmenlikka ixtisoslashgan robot sun’iy intellekt asosida ishlaydi va mijozlar bilan muomala, hazil-huzilni do‘ndiradi. U marketingga oid ma’lumotlarni o‘zida jamlagani uchun soatiga 120 ta kokteylni tayyorlab, tavsiya eta oladi.
Robot Las-Vegasdagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishga ham ulgurdi.
- Mashina insondek bo‘lolmaydi, ammo Sesiliya talabalarga innovatsion fikrlashni o‘rgatayotgani bilan afzallikka ega - deydi Florida universiteti mukammallik markazi direktori Brayan Konnors.
Mazkur robot ko‘p odam to‘plangan joylarda mijozlarga xizmatni tezlashtirish uchun zo‘r ko‘makchidir. Chunki barmen-robot bor joyda mijozlar buyurtmani kutib qolib, asabiylashmaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter