Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirining BAAga tashrifi davomida bir nechta kelishuvlarga erishildi

Raqamli texnologiyalar vazirining BAAga tashrifi davomida bir nechta kelishuvlarga erishildi

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit)da ishtirok etmoqda. Ushbu sammit doirasida bir nechta uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlabki uchrashuv “G42 Cloud” kompaniyasining xalqaro biznes direktori Sebastian Shi bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Elektron hukumat loyihalarini rivojlantirish markazi” DM bilan hamkorlikda ishlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aktual yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Hamkorlikning birinchi qadami sifatida “Elektron hukumat loyihalarini rivojlantirish markazi” DMning Data-markazlar bilan ishlashga mas’ul mutaxassislariga joriy yilda Dubay va Abu-Dabi shaharlarida grant asosida amaliy trening o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuv so‘nggida G42 Cloud kompaniyasi kelgusida O‘zbekiston bilan hamkorlikda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirib, keng qamrovli hamkorlikni muhokama qilish maqsadida mazkur kompaniyaning delegatsiyasi joriy yilning mart-aprel oylari oralig‘ida O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirildi.

Ma’lumot uchun: G42 Cloud Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada sun’iy intellekt, bulutli infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha yirik korxonalardan hisoblanadi.

G42 Cloud kompaniyasi Abu-Dabi hukumati, Amirlikning sog‘liqni saqlash, Markaziy bank, ta’lim, aqlli shahar, sayohat va turizm sohalari uchun Data-markaz, katta hajmdagi davlat ma’lumotlarni (Big data) tahlil qilish va boshqarish xizmatini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring