Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oleg Pekos Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (Foto)

Oleg Pekos Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (Foto)

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 27-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda BPO (Business Process Outsourcing) va KPO (Knowledge Process Outsourcing)  xizmatlari bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishida «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish»ni rivojlantirish va keng ko‘lamli loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish – vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, Jahon banki ishtirokida «O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish» loyihasi doirasida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazlari (BPO-markazlari)ni tashkil etish va jihozlash ko‘zda tutilgan.

Tomonlar ushbu loyiha O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi doirasida muhimligini qayd etib, uni samarali amalga oshirish va AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring