Odamlarga chip o‘rnatish boshlandi
AQShda odamlar miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha birinchi tijoriy sinov boshlandi. Avvalambor tizimning xavfsizligi, keyingi o‘rinda esa raqamli qurilmalar bilan ishlay olishi tekshirilmoqda.
Bu bilan "Synchron" kompaniyasi shug‘ullanyapti. U Ilon Maskka tegishli "Neuralink" bilan raqobatchi sanaladi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, chiplar ommaviy sotilishni boshlaydi.
Chiplar falajlangan bemorlarga atalgan. Operatsiya taxminan 2 soat davom etadi. Implantatsiya vaqtida chiplarning elektrodlari qon tomirlari orqali miyaga o‘tadi. Mashina miya faoliyatini elektr signallariga aylantira boshlaydi. Bu esa matn yozish, elektron pochta jo‘natish, onlayn xarid qilish kabi vazifalarni bajarish imkonini beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter