Non narxidan keyin gadjetlar ham qimmatlashib ketarkan
Mikroelektronika uchun qismlarni to‘plovchi yapon kompaniyalari "Sumco" va "Showa Denko" o‘z mahsulotlari narxlarini oshirdi. Buning soyasida kompyuter va smartfonlarning qimmatlashishi kutiladi.
Narxlarning 20–30% foizga ko‘tarilishi gadjetlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sabab sifatida Ukrainadagi voqealar, inflyasiya va chiplarga bo‘lgan talabning oshishi ko‘rsatilmoqda. Zero, Ukraina va Rossiya inert gaz va bir qancha metallarning asosiy yetkazib beruvchisi edilar. Geosiyosiy beqarorlik iqtisodiy holatni taranglashtirdi.
Yaponiyadagi bu ikki kompaniya mahsulotlari narxining ko‘tarilishi maishiy texnikadan tortib avtomobillargacha qimmatlashishi ehtimolini oshiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter