Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meta dasturchilar uchun Reels API’ni taqdim etdi

Meta dasturchilar uchun Reels API’ni taqdim etdi

Foto: "developers.facebook.com"

Meta barcha ishlab chiquvchilar uchun Reels API’ni ochayotganini aytdi. Foydalanuvchilar endi Instagram Reels’ning ba’zi funksiyalarini avtomatlashtirishi, botlar yoki statistika vositalarini yaratishi mumkin bo‘ladi.

Rasmiy e’londa aytilishicha, ishlab chiquvchilar endi videolarning kechiktirilgan nashrlarini sozlashlari, metrikalarni qabul qilish, videolarni biznes akkauntlariga avtomatik joylashtirish, sharhlarga javob berish, ularni moderatsiya qilish va videolarni heshteglar bo‘yicha qidirishlari mumkin.

Reels API allaqachon mavjud Graph API’ning bir qismiga aylanadi va ishlab chiquvchilar unga avtomatik ravishda kirish huquqiga ega bo‘ladilar. Kompaniya, shuningdek, tez orada rasmiy hujjatlarni yangilashga va’da berdi.

Hamjamiyat qisqa videolar mijozlar uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligi va ishlab chiqishni avtomatlashtirish xususiyatlaridan foydalanishni talab qilganidan so‘ng, kompaniya Reels API’ga kirish huquqini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring