Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuygan bemorlar uchun teri yaratildi

Kuygan bemorlar uchun teri yaratildi

Foto: Lenta.ru

Xabarning audio talqini

Kolumbiya universiteti olimlari transplantatsiyaga muhtoj bemorlar uchun terini o‘stirish yo‘lini topishdi.

Mutaxassislar bemor hujayralari yordamida teri bo‘laklarini o‘stirish va ularni 3D-printer yordamida chop etishga qaror qilishdi. Material kuyishdan aziyat chekkanlar uchun moslashtiriladi. Har bir bemor uchun alohida - har qanday shakldagi "choksiz" teri namunalari yetishtiriladi.

Namuna yaratishning birinchi bosqichida olimlar shikastlangan to‘qimalarni lazer yordamida skanerlashadi, so‘ngra kompyuterda kerakli bo‘lakni modellashtiradilar. 3D-printerda skelet yaratilib, uning ustiga bemorning teri hujayralari qoplanadi.

Butun jarayon taxminan uch hafta davom etadi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular «choksiz» terini laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rishgan va muvaffaqiyatni qayd etishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring