Ixtirolar va ixtirochilarning siz bilmagan haqiqatlari..
Agar ixtirochilar bo‘lmaganda nima bo‘lardi? Bilasizmi, aynan ular sabab dunyo yanada rivojlanmoqda, nostandart fikrlash qobiliyatlari tufayli inson hayotini osonlashtiradigan yangi texnologiyalar yaratilmoqda.
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, bugun hayot tarzingizni yengillashtirishda sizga beminnat xizmat qilayotgan yoxud siz har kuni foydalanadigan ixtirolarning yaratilish tarixi aslida qanday?
Bilasizmi, zamonaviy kredit kartalarini Frenk Maknamara kechki ovqat uchun pul to‘lamoqchi bo‘lganida ixtiro qilgan, biroq u pulni o‘zi bilan olib ketishni unutgan;
Bill Geyts, Mark Sukerberg, Stiv Jobs va Tomas Edisonning bir-birga o‘xshash jihatlaridan biri - ular o‘qishni tamomlamagan;
Musiqa tarixidagi ikkita eng mashhur elektrogitara ixtirochisi Leo Fenderning o‘zi hech qachon gitara chala olmagan;
Dizel dvigateli ixtirochisi Rudolf Dizel 1913 yilda o‘z ixtirosi tan olinmagan deb o‘ylaganligi sababli o‘z joniga qasd qilgan;
Piter Roberts o‘smirlik chog‘ida rozetkani ixtiro qilib, uni Sears kompaniyasiga olib kelganida, kompaniya ixtiro unchalik qimmat emasligini aytib, Piterga patent huquqlari uchun 10 000 dollar taklif qiladi. Sears esa rozetkalarni 50 million nurxada ishlab chiqardi;
Yong‘in gidrantini kim ixtiro qilganini haligacha hech kim bilmaydi, chunki bu ixtironing patenti olovda yonib ketgan;
Dunyoga mashhur AK-47 ixtirochisi Mixail Kalashnikov shunday degan edi: «Men o‘z ixtiroyim bilan faxrlanaman, ammo undan terrorchilar foydalanayotganidan juda xafaman, undan ko‘ra, fermerlarning hayotini osonlashtiradigan narsa yaratsam bo‘lar ekan...».


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter