IT-huquq: Tijorat sirini bekor qilishga nima asos bo‘ladi?
Savol: Tijorat sirini bekor qilishga nima asos bo‘ladi?
Javob: "Tijorat siri to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga asosan mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
mehnat shartnomasining (kontraktning) yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning bekor qilinishi;
tijorat sirini oshkor etmaslik bo‘yicha olingan majburiyatlarning buzilishi.
Qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq boshqa holatlar ham mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Mehnat munosabatlari jarayonida tijorat siridan foydalanishning bekor qilinishi xodimni tijorat sirini oshkor etmaslik bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod etmaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter