Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-huquq: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs. Farqi nimada?

IT-huquq: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs. Farqi nimada?

Foto: Businessman.ru

Savol: Ko‘p o‘rinlarda "jismoniy shaxs", "yuridik shaxs" atamalarini eshitamiz. Ularning bir-biridan farqi nimada?

Javob: Jismoniy shaxs - boshqacha qilib aytganda, fuqaro. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 16-moddasida Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushunilishi ta’kidlangan.

Mazkur Kodeksning 39-moddasidan yuridik shaxs tushunchasiga ta’rifni topish mumkin. O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring