Internetdan foydalanayotgan bolaga nisbatan ota-ona nazorati kuchaytirildi

"Meta" kompaniyasi o‘tgan yildan boshlab voyaga yetmagan foydalanuvchilar uchun alohida mas’uliyatni bo‘yniga oldi. Yaqinda u "Family Center" funksiyasini taqdim etdi. Bu orqali ota-onalar farzandlarining akkauntiga cheklov o‘rnata oladilar va bolalar ko‘rayotgan kontentni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
"Family Center"da ota-onalar uchun maxsus bo‘lim bor. Unda bolaga internetdan qanday foydalanishni o‘rgatish, ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash kabi masalalarda bilim beriladi.
"Instagram"da ham ota-ona nazorati kuchaytirildi. Unda bola ilovada qancha vaqtini o‘tkazayotganini, qanday materiallarni bo‘lishayotganidan voqif bo‘lib borish mumkin.
Ota-ona ayrim funksiya va o‘yinlar yuklab olishga cheklov o‘rnata oladi. Shu yili "Meta" 13+ kontentlarning barini bolalar uchun to‘liq cheklov o‘rnatadi.
Hozir ota-ona nazorati faqat mobil versiyada mavjud. Yozning avvalida veb-ilova yaratilish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter