Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetida bepul koreys tili kurslari yo‘lga qo‘yildi (foto)

Inha universitetida bepul koreys tili kurslari yo‘lga qo‘yildi (foto)

Foto: Inha

2022-yil 20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlari uchun bepul koreys tili kurslari boshlandi.

Mirzo Ulug‘bek tumani mahalla yoshlari uchun «King Sejong Institute» koreys tili markazida bepul koreys tili kurslari (grammatika + so‘zlashuv) tashkil etildi (King Sejong bo‘yicha ma’lumot:

https://xabar.uz/post/v-universitete-inxa-king-sejong-institute?category=talim

Kurslarga 16 yoshdan oshgan jami 60 nafarga yaqin yoshlar qabul qilindi. Kurs ishtirokchilari barcha o‘quv materiallari bilan ta’minlandi. Kurslarning davomiyligi 2 oy bo‘lib, darslar haftasiga 2 marotaba o‘tkaziladi. Kurs yakunida darslarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.

Ushbu kurslar Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlari uchun ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring