Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Windows 10’ni o‘rnatish shart emas. Microsoft Windows 11’ning litsenziyalangan raqamli nusxalarini sota boshladi

Endi Windows 10’ni o‘rnatish shart emas. Microsoft Windows 11’ning litsenziyalangan raqamli nusxalarini sota boshladi

Foto: "shutterstock"

Microsoft Windows 11’ning litsenziyalangan raqamli nusxalarini sotishni boshladi. Endi Windows 10’ni qaytadan o‘rnatishingiz shart emas. Windows 11 ancha vaqt oldin chiqarilgan, ammo hozirgacha Microsoft operatsion tizimning ushbu versiyasini o‘rnatish uchun raqamli litsenziyalarni sotgani yo‘q. Endi Windows 11 Pro va Windows 11 Home tizimlarini o‘rnatish uchun raqamli litsenziyalarni sotishni boshladi.

Windows 11 operatsion tizimining ishga tushirilishi 2021 yil 5 oktyabrda bo‘lib o‘tdi, biroq oddiy foydalanuvchilar o‘z shaxsiy kompyuterlariga operatsion tizimni o‘rnatish uchun raqamli litsenziyani xarid qila olmadilar. Ular Windows 10’ni o‘rnatishlari va Windows 11’ga yangilashlari kerak edi.

Windows 10’ni hali ham sotib olish mumkin, biroq foydalanuvchilarda Windows 10’dagi kabi USB flesh-diskda Windows 11’ni olish imkoniyati yo‘q. Foydalanuvchilarga faqat raqamli versiyani yuklab olish taklif etiladi.

Windows 11 Home 139 dollarga, Windows 11 Pro esa 199 dollarga taklif qilinadi. Hozirgi Windows 10 foydalanuvchilari Windows Update yoki boshqa bir qancha usullar orqali Windows 11’ga yangilashlari mumkin. Microsoft ma’lumotlariga ko‘ra, Windows 10 kamida 2025 yil oktyabrigacha qo‘llab-quvvatlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring