Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillar ishsizlik muammosini tug‘dirishi aniq

Elektromobillar ishsizlik muammosini tug‘dirishi aniq

Foto: "Ixbt.com"

Elektromobillar ekologik tomonidan foydali bo‘lgani bilan boshqa muammoni boshlab berdi. Ya’ni, unda oddiy mashinaga qaraganda ishchi kuchi kam sarf bo‘ladi. Aslida yaxshidek ko‘ringan bu omil esa o‘n minglab odamlarni ishsiz qoldirishi mumkin.

Ford va Volkswagen avtokonsernlarining ma’lumot berishlaricha, elektromobillar chiqarishda mehnat sarfi 30 foizga kamayadi. Shuning uchun Ford 8 ming xodimni ishdan bo‘shatish niyatida.

AQShda elektromobillar savdosi 50 foizga oshishi kompaniyalarga 75 ming ish o‘rnini qisqartirishni taqozo etadi. 2030 yildan to‘liq elektromobillarga o‘tish rejasidagi Yevropada esa 630 ish o‘rni yo‘q bo‘lib ketish arafasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring