Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalarga pul o‘g‘irlashni o‘rgatadigan o‘yin

Bolalarga pul o‘g‘irlashni o‘rgatadigan o‘yin

Foto: https://www.matrony.ru


Xakerlar bolalar smartfonlariga kiberhujumlarni kuchaytirib, mashhur Brawl Stars va Roblox o‘yinlari orqali o‘z yovuz maqsadlarini amalga oshirishmoqda.

Kasperskiy laboratoriyasi axborot xavfsizligi kompaniyasining ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar zararli dasturlarga tez-tez duch kelishmoqda.

Qayd etilishicha, Brawl Stars niqobi ostidagi hujumlar soni 2022-yilning birinchi yarmida 2021-yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar, Roblox esa deyarli to‘rt barobar oshgan.

Odatda xakerlar viruslarni o‘yinlarga qo‘shimcha sifatida yashiradi. Avvaliga o‘ynash jarayonida hech qanday kiberhujumni sezmaysiz, ammo keyinchalik ilova sizga o‘yinni yaxshilash uchun alohida dasturni yuklab olishni taklif qiladi va hammasi shundan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring