Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bitkoin qulaydimi?

Bitkoin qulaydimi?

Foto: "powerstick.com"

Bitkoin allaqachon eng pastki nuqtasiga yetdi deb ishonganlarning yaqin kelajakda hafsalasi pir bo‘lishi mumkin. Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bitkoin uzoq vaqt davomida «ayiq» bozorida qolish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Bloomberg MLIV Pulse so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 60 foizi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta 10 000 dollarlik belgiga qarab harakat qilmoqda. Shu bilan birga, respondentlarning 40 foizi oxir-oqibat 30 000 dollar darajasiga qaytishiga ishonishadi. So‘rovda qatnashgan investorlarning aksariyati kriptovalyutalarga nisbatan ma’lum darajada shubha bildirdi.

AQSh Federal zaxira tizimi iqtisodiyotga favqulodda pul yordamini to‘xtatgandan so‘ng kriptovalyuta bozori katta o‘zgarishni boshdan kechirdi. U.Today xabariga ko‘ra, Federal rezerv inflyasiya tufayli joriy oyda yana 75 bazaviy punktga stavka ko‘tarilishini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Narxlarni oshirish bitkoin kabi xavfli aktivlar uchun muhim oqibatlarga olib keladi.

Agar so‘rov ishtirokchilari haq bo‘lsa, Bitcoin yana 43% atrofida pasayish qayd etishi mumkin. 18 iyun kuni flagman kriptovalyuta 17 622 dollargacha tushib ketdi, bu 2020 yil dekabridan beri eng past ko‘rsatkich.

Guggenheim Partners kompaniyasining global sarmoya bo‘yicha direktori Skott Minerdning fikricha, bitkoin narxi oxir-oqibat 8000 dollargacha tushishi mumkin.

Bitkoin hozirda 20 300 dollar atrofida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring