Avatar. Kino emas, ekzoskelet!

Rossiyada robotlarni masofadan boshqarish uchun Avatar ekzoskeletini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U kompyuter yordamida roboqo‘l - manipulyatorga ulangan. Avatar odamlarga xavfli ob’yektlarda joylashgan robotlarni ularga zarar yetkazmagan holda boshqarish imkonini beradi.
Manipulyator ekzoskelet yordamida turli ob’yektlarni gugurt qutisi o‘lchamiga qadar harakatlantirishi mumkin. Laboratoriya sharoitida Wi-fi ekzoskelet va robot o‘rtasidagi aloqa moduli sifatida ishlatiladi. Biroq, kelajakda robotdan istalgan masofada ekzoskeletdan foydalanish imkonini beruvchi har qanday ulanish turidan foydalansa bo‘ladi.
Odatda sanoat robotlari zavod yoki fabrikada takrorlanuvchi vazifalarni bajarish uchun dasturlashtirilgan. Bu loyiha robotni dasturlash mumkin bo‘lmagan dinamik vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Masalan, vayronalarni tozalash yoki radioaktiv elementlarni manipulyasiya qilish uchun ishlatish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter