Aqlli robot bilib-bilib ishini qiladi
Karnegi Mellon universiteti muhandislari ALAN robotini taqdim etishdi. Bu qurilma o‘z-o‘zini boshqarish uchun sun’iy intellekt, kompyuter ko‘rish va ob’yektlarni manipulyasiya qilishdan foydalanadi. Robot atrofni o‘rganadi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi, tashqi rag‘bat va nazoratsiz qaror qabul qila oladi.
Robot tevarak-atrofdagi ob’yektlar harakatini baholay oladigan vizual modul bilan jihozlangan. Oldindan tayyorlangan tayyor detektorlar yordamida u tadqiqot uchun hududni tanlaydi, ob’yektlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Avtonom robotlarni o‘qitish bo‘yicha ilgari taklif qilingan yondashuvlar katta hajmdagi dastlabki ma’lumotlarni talab qiladi, bu esa texnologiyani ishlab chiqishni qiyinlashtiradi. Yangi robot tashqi aralashuvsiz uzluksiz o‘rganadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter