Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple sirli iPhone 14 Plus’ni chiqaradi. U haqida nimalar ma’lum?

Apple  sirli iPhone 14 Plus’ni chiqaradi. U haqida nimalar ma’lum?

Foto: "shutterstock"

Avvalroq, insayderlar Apple o‘z liniyasidagi eng kichik smartfon - iPhone mini’ni chiqarishni to‘xtatmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. Buning o‘rniga ular o‘lchami bo‘yicha yuqori darajadagi iPhone 14 Max’dan kam bo‘lmagan yangi smartfonni taqdim etadilar.

Lanzuk nomli manba ma’lumotlariga ko‘ra. iPhone 14 Plus o‘z nabatida iPhone 14 Pro Max kabi 6,7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, biroq uning xarakteristikalari ancha oddiyroq bo‘ladi – uni iPhone 14 liniyasining bazaviy modeli imkoniyatlari bilan solishtirish mumkin.

Shunday qilib, iPhone 14 Plus shunchaki katta ekranli iPhone 14 ekanligini aytish mumkin va uni eng yaxshi Pro modeli bilan adashtirib yuborish kerak emas, deyiladi manbada.

iPhone 14 haqida nimalar ma’lum?

Kutilayotgan iPhone liniyasida eng muhim o‘zgarishlarni to‘pladik:

  • Pro -modellardagi odatiy «qosh» kichik tirqish bilan almashtiriladi;
  • Pro modellarining asosiy kamerasi 48 megapikselli yangi datchikka ega bo‘ladi;
  • Katta ekranli yangi model iPhone mini o‘rnini egallaydi;
  • Operativ xotira 6 GB gacha ko‘tariladi;
  • Pro modellari eng yangi Apple A16 chipini qabul qiladi;
  • Favqulodda qo‘ng‘iroqlar uchun sun’iy yo‘ldosh aloqasi qo‘llab-quvvatlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring