«Alisa» endi dam olsin, o‘zimizning «Aziza»dan qo‘ymasin! (VIDEO)
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmog‘ida sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish maqsadida 20-dekabrga qadar «WikiStipendiya» amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor. Wikipedia informatsion portalini o‘zbek tilidagi ma’lumotlar bilan boyitish va mobil ovozli yordamchilarning o‘zbek tilida ham ishlashini yo‘lga qo‘yish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan.
Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ushbu grant loyihasining maqsad va vazifalari bilan ommani tanishtirishga qaratilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda agentlik mutaxassislari tomonidan Alisa, Siri kabi ovozli yordamchilarning o‘zbek tilida gapiradigan muqobili bo‘lmish «Aziza» haqida aniq ma’lumotlar berib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, dasturchi Baxtiyor Hasanovning ushbu loyihasi hozirda ovoz yig‘ish jarayonida turibdi, dasturga qancha ko‘p o‘zbekcha ovozlar yuklansa, aqlli yordamchi shuncha tez tushunib, javob qaytarishi ta’kidlanmoqda. Ovozli yordamchi mukammal ishlashi uchun kamida 10 ming soat ovozli ma’lumot kerak va jarayonni tezlashtirish uchun istalgan odam @UzbekVoiceBot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ovozli xabar qoldirishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter