«5» baho olgan o‘quvchilarga mobil internet sovg‘a qilinmoqda
Rossiyaning Tele2 operatori maktabda a’lo baholarga o‘qigan o‘quvchilarga qo‘shimcha 200 MB mobil trafik va’da qilmoqda. Bahoning qaysi fandan olishning farqi yo‘q va faqat «5» baho inobatga olingan. «3 va «4"lar o‘tmaydi.
Bu aloqa operatorlari orasida o‘tkazilayotgan ilk aksiyadir. Undan foydalanish uchun «Ya – shkolnik» («Men o‘quvchiman») ilovasini yuklab olish kerak. So‘ng elektron kundalik orqali baholar aniqlanadi. Qog‘oz shaklidagi kundaliklar hisobga olinmaydi.
Tekin megabaytni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bemalol videoroliklar ko‘rishlari, ijtimoiy tarmoqlarga kirishlari, messenjerlar orqali fayllar almashishlari, internet saytlardan ma’lumotlar olishlari mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter