Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya delegatsiyasi IT-Recruitment loyihasiga qiziqish bildirdi  

Yaponiya delegatsiyasi IT-Recruitment loyihasiga qiziqish bildirdi   

“Global Business Services Forum 2024” doirasida IT-BILIM kompaniyasi vakillari Yaponiya davlati Ehime prefekturasidan tashrif buyurgan Norixito Okada boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘kazdi. Uchrashuvda IT-BILIM tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti namoyish etildi va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi. 

Shuningdek, Yaponiya kompaniyalari uchun malakali mutaxassislarni tanlash, o‘qitish va amaliyot o‘tashga jo‘natish masalalari ham ko‘rib chiqildi.   

Delegatsiya IT-Recruitment loyihasiga alohida qiziqish bildirdi. Ushbu loyiha va ishga qabul qilishning aniq mezonlari bilan tanishib chiqqandan so‘ng keyingi hamkorlik rejalari tuzilishiga kelishib olindi.  

Yaponiya investorlari bilan hamkorlik biz uchun muhim qadam bo‘lib, xalqaro maydonda o‘z o‘rnimizni rivojlantirish, mutaxassislarimizni xorijiy kompaniyalarda ishga joylashish va mamlakatimizda IT-sohasini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring