H3C kompaniyasi xalqaro biznes prezidenti bilan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoyning H3C kompaniyasi xalqaro biznes prezidenti Xuan Chjixuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda kompaniya prezidenti kompaniya haqida gapirib, ularning AKT sohasidagi 20 yillik tajribasini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda Kompaniya turli yo‘nalishlarda, jumladan, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirishda ham faoliyat yuritadi.
O‘z navbatida vazir Sh.Shermatov vazirlik tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, “Yagona integrator UZINFOCOM” vazirlikning bosh integratori bo‘lib, barcha davlat xizmatlari ular tomonidan ishlab chiqilib, amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini raqamlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba va ekspertiza almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, tomonlar kelgusida ma’lumotlar markazlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlariga e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida “Yagona integrator UZINFOCOM” hamda H3C kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter