Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiplar qayerda eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

Chiplar qayerda eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?

Foto: BBC

SEMI tashkiloti xabar berishicha, 2022-yilda chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatning 70 foizi Janubiy Koreya, Tayvan va Xitoyga to‘g‘ri keldi.

Yaponiya 13 foiz ulush bilan — to‘rtinchi, Amerika — beshinchi o‘rinda (8 foiz).

200 millimetrli plastinalar hamon keng ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan bo‘lsa-da, ushbu diagramma 2001-yildan boshlab chiqarilayotgan, yanada ko‘proq chiplarni joylashtira oladigan va iqtisodiy samaraliroq hisoblanuvchi 300 millimetrli plastinalarga bag‘ishlangan.

SEMI taxminiga ko‘ra, 2026-yilga borib 300 mm plastinalarni ishlab chiqarish hajmi oyiga 9,6 milliontani, 200 mm plastinalarni ishlab chiqarish oyiga 7,7 milliontani tashkil etadi. Oxirgi yo‘nalishda Xitoy ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha yetakchi bo‘lsa, Yaponiya va Tayvan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring