2023-yilda eng ko‘p foydalanilgan sun’iy intellekt vositalari (top-10)
Onlayn-kontentga ixtisoslashgan Writerbuddy.ai kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning sentyabridan 2023-yilning avgustiga qadar ChatGPTdan 14 mlrd marotaba foydalanilgan.
Writerbuddy qaysi biri eng ommalashganini aniqlash uchun 3 mingdan ziyod AI-vosita (sun’iy intellekt vositasi)ni tahlil qildi.
Tashriflar soni bo‘yicha quyidagi vositalar top-10ga kirdi:
- ChatGPT — 14,6 mlrd;
- Character.ai — 3,8 mlrd;
- Quillbot — 1,1 mlrd;
- Midjourney — 500,4 mln;
- Hugging Face — 316,6 mln;
- Bard — 241,6 mln;
- NovelAI — 238,7 mln;
- Capcut — 203,8 mln;
- Janitor AI — 192,4 mln;
- Civitai — 177,2 mln.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter