Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov bilan Greg Naarden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Sherzod Shermatov bilan Greg Naarden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Ayni kunlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Tashrifdan asosiy maqsad – Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Shu munosabat bilan 21-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSh Davlat departamentining Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoga yordam kordinatori o‘rinbosari Greg Naarden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi J. Vahobov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv va muzokaralar chog‘ida turli sohalarda, jumladan, AKT sohasidagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirishda Amerikaning biznes vakillarini jalb qilish hamda qo‘shma dastur va tashabbuslarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, AKT vaziri AQSh bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida sheriklikni yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflarini hamda xalqaro darajadagi dasturlarni AQSh bilan birgalikda amalga oshirish masalasiga e’tibor qaratdi.

Shu bilan birgalikda, xalqaro kompaniyalar xizmatlarini O‘zbekistonga autsorsing qilish va yoshlarni BPO va KPO xizmatlar ishi bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotgani, mamlakat yoshlariga IT sohasini o‘rgatish va o‘qitish maqsadida BPO markazlar va maktablar tashkil etilayotgani aytib o‘tildi. O‘z navbatida, yoshlar masofaviy xizmat ko‘rsatishga jalb qilinsa, mamlakat uchun katta yutuq bo‘lishi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring