Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda chet tillarini bilishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda

O‘zbekistonda chet tillarini bilishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda

2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.

Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.

Hududlar kesimida sertifikat olish bo‘yicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini ko‘rsatdi. Undan keyingi o‘rinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) bo‘ldi. Farg‘ona ham chet tillarini o‘rganish bo‘yicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring