Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litiy arzonlab ketdi — smartfonlar va elektromobillarning narxlari tushishi mumkinmi?

Litiy arzonlab ketdi —  smartfonlar va elektromobillarning narxlari tushishi mumkinmi?

Foto: Investing News Network

Elektron qurilmalarning batareyalari uchun asosiy xom ashyo — litiyning jahon narxlari pasayishdan to‘xtamayapti va hozir yil boshidagi narxiga nisbatan 75 foizni tashkil etmoqda. Xo‘sh, buning natijasida mobil qurilmalar va elektromobillarning narxlari pasayishi mumkinmi?

Bloomberg nashri Benchmark Mineral Intelligence agentligi hisobotiga asoslanib yozishicha, litiy qiymatini yil boshiga nisbatan sezilarli yo‘qotdi va hamon arzonlashmoqda. Biroq yetakchi elektronika kompaniyalarining litiyga talabi ham oshmoqda.

Agarda tendensiya saqlanib tursa, mobil qurilmalar va elektromobillarning narxlari pasayishiga umid qilsa bo‘ladi. Faqat lekini bor. Narxlar katta ehtimol bilan Xitoyda pasayishi mumkin. Xitoyda litiy karbonati 23-noyabr kuni 2,3 foizga, noyabr davomida esa 20 foiz arzonlashgan.

Xitoy — litiyni ishlab chiqaruvchi yetakchi mamlakat, agar chinliklar AQShga javob sanksiyalarini ushbu sohada ham qo‘llashsa, mobil qurilmalar arzonlashishini kutmasak ham bo‘laveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring