Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-huquq: Operator va milliy operator. Farqi nimada?

IT-huquq: Operator va milliy operator. Farqi nimada?

Foto: "Xabar.uz"

Savol: Operator va milliy operator. Farqi nimada?

Javob: "Pochta aloqasi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 3-moddasida har biriga alohida ta’rif berilgan.

Pochta aloqasi operatori — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmog‘iga egalik qiluvchi va faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.

Pochta aloqasining milliy operatori — O‘zbekiston Respublikasi doirasida pochta aloqasi xizmatlari bozoridagi talabni qanoatlantirish, majburiy ravishda universal pochta xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni va Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan pochta aloqasi operatori.



Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring