Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google Maps xizmatida jiddiy o‘zgarish — xaritalar video o‘yinga o‘xshaydi

Google Maps xizmatida jiddiy o‘zgarish — xaritalar video o‘yinga o‘xshaydi

Foto: "blog.google"

Google Maps tez orada navigatsiya tizimini yaxshilaydigan yangi funksiyalarni chiqaradi. Misol uchun, Neighborhood Vibe funksiyasi, atrofdagi hudud haqida boshqa foydalanuvchilarning izohlaridan ma’lumot olish imkonini beradi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, Google Maps foydalanuvchilari har kuni xaritaga 20 milliondan ortiq sharh va reaksiyalar qo‘shadilar. Ushbu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun AI ishlatiladi. Agar shaharning yangi hududiga borsangiz, bu yordam beradi.

Bundan tashqari, yangi turdagi xaritalar paydo bo‘ladi - uch o‘lchovli. Bu xususiyat dastlab Los-Anjeles, Nyu-York, San-Fransisko va Tokioda mavjud bo‘ladi, biroq keyinchalik ro‘yxat kengayishi ktuilmoqda. Ushbu rejimda xarita video o‘yinning o‘ziga xos analogi bo‘ladi - unda uchish, uylarga «kirish» va kun vaqtini o‘zgartirish ham mumkin bo‘ladi.

Ushbu yondashuv ba’zi diqqatga sazovor joylarni deyarli jonli ravishda kezish imkonini beradi. E’tibor bering, shunga o‘xshash xususiyat Apple Maps’da allaqachon mavjud, u o‘tgan yili qo‘shilgan edi. Lekin u barcha Apple smartfonlarida ham ishlamaydi.

Google Maps’ning yangi funksiyalari iOS va Android’da paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring