Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron tatuirovka qon bosimini o‘lchaydi

Elektron tatuirovka qon bosimini o‘lchaydi

Foto: "Tengrinews.kz"

Olimlar to‘xtovsiz ravishda arterial bosimni o‘lchaydigan elektron tatuirovka ishlab chiqdilar. Grafen datchiklar teri orqali aniq ma’lumotlarni qabul qiladi.

U inson bilagiga tatuirovka kabi qo‘yiladi. Shundan so‘ng bemalol harakatlanish ham mumkin. Qon bosimini o‘lchab, natijani taqdim etishga hech narsa xalaqit bermaydi.

Moslama teriga elektr toki jo‘natadi va bunga organizmning reaksiyasini tahlil qiladi. Natijani solishtirib, sinovlar o‘tkazishganida yangi ixtironing ishonchligi isbotlandi.

Hozirda ko‘plab aqlli qurilmalar qon bosimini o‘lchash funksiyasini kiritmoqda, ammo ularda natija har doim ham ishonarli emas. Ajabtovur tatuirovka esa bu borada ustunlikka ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring