Boshqalarga qaraganda ancha arzonroq Huawei Tag Anti-Lost Wizard taqdim etildi
Huawei o‘zining Tag Anti-Lost Wizard deb nomlangan birinchi Bluetooth tegini taqdim etdi. Qurilmaning chiqarilishi 30 iyulga rejalashtirilgan.
Teg 92 dB dinamik bilan jihozlangan, narsalar qoldirib ketilgan taqdirda smartfonga bildirishnomalar yuboriladi. U NFC texnologiyasi, IP67, ya’ni suv va changga chidamlilikni qo‘llab-quvvatlaydi va bir yilgacha avtonom ishlashi mumkin. Qurilmaning qalinligi 5,6 mm, og‘irligi esa 6 gramm.
Teglarni alohida yoki to‘rtta to‘plamda sotib olish mumkin, qo‘shimcha ravishda kompaniya charmdan ishlangan g‘ilofni taklif qiladi. To‘rtta tegdan iborat to‘plam 45 dollar, bir donasi esa 15 dollar, charm brelok 10 dollar atrofida turadi.
Huawei Tag Anti-Lost Wizard Apple AirTag va Samsung Galaxy Smart Tag bilan raqobatlashadi, negaki ularning narxi ancha yuqori: har biri 30 va 39 dollar atrofida. Ikkala qurilma ham 2021 yilning birinchi yarmida chiqqan edi. Apple AirTag keng polosali U1 (UWB) chipi, NFC, dinamik va almashtiriladigan LiPo batareyasiga ega.
Iyun oyida Toronto avtomobil egasi mashina ichiga joylangan AirTag tufayli o‘g‘irlangan Range Rover’ni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter