Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal sovuqda nima qilmaslik kerak?! (VIDEO)

Avvalo, anomal sovuqda ko‘chada telefonda gaplashmaganingiz ma’qul. Boisi sovuq havoda telefon akkumulyatori yaxshi ishlamaydi. Agar qurilma sovib qolsa, quvvati ham tezda kamayib ketadi.

Qishda elektron jihozlarni mashinada qoldirmaslik kerak. Masalan, smartfon, fitnes bilaguzuk, portativ batareya, musiqa tinglash uchun dinamik va boshqalar shular jumlasidandir.

Sovuqda qolgan texnikaning quvvati tez tugab qoladi. Chunki sovuq litiy ionlarining harakatini sekinlashtiradi, elektrolitlarni qalinlashtiradi va ichki qarshilikni oshiradi.

Shuningdek, dorilar ham mashinada qoldirilmasligi lozim. Ayniqsa siroplar va tomchili dorilar sovuqdan aziyat chekadi – ularning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi. Tabletkalar va kapsulalar past haroratdan kamroq ta’sirlanadi, ammo baribir ehtiyotkorlik bilan saqlash kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring