Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aeroportda robot-politsiyachilar ish boshladi

Aeroportda robot-politsiyachilar ish boshladi

Foto: "Nauka.tass.ru"

Yaponiyadagi aeroportda robot-politsiyachilar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular kameralarda olingan suratlarni bir zumda tahlil qilishga qodir. Bu orqali temir politsiyachilar aeroportda tartibni ta’minlaydilar, jumladan, unutib qoldirilgan va shubhali buyumlarni qidiradilar.

Robotlar dinamiklar bilan jihozlangan bo‘lib, zarurat yuzasidan yo‘lovchilarga murojaat qilishi mumkin. Shu bilan ularni tartib saqlashga chaqiradi yoki birorta qoidaga amal qilishni talab etadi.

Avval ham Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari arafasida shunga o‘xshash politsiyachi robotlar paydo bo‘lgandi. Lekin ular sun’iy intellektga asoslanmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring