Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramdagi bayramona yangiliklardan xabaringiz bormi?

Telegramdagi bayramona yangiliklardan xabaringiz bormi?

Foto: 4PDA

Telegram asoschilaridan bahoriy tuhfa: Mashhur messenjerdan navbatdagi ajoyib yangilanishni kutib oling! Endilikda Telegram sizga guruhingizni boshqarishda yangidan-yangi imkoniyatlar hamda obunachilaringiz bilan muloqot qilishning yangi usullarini taqdim etadi.

Shuningdek, administratorlar tomonidan qo‘yilgan hikoyalarga guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruhga yuboriladi.

Nafaqat guruh administratorlari, balki, barcha guruh a’zolari, shu jumladan, "Premium" obunasiga ega bo‘lmaganlar ham maxsus emojilardan foydalanishlari mumkin. Qolaversa, ular guruhda ovozli va video xabarlarni matnga aylantirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Buning uchun guruhda o‘tkazilgan viktorinalarda faol ishtirok etib, bonuslarga ega bo‘lishlari kerak. Shuningdek, ular ovoz berish orqali ham guruhdagi sekin xabar yuborish rejimini o‘chirishlari yoki GIF rasmlar yuborish imkoniyatini tiklashlari mumkin.

Bu hali hammasi emas, guruh a’zolari endi uning dizaynini, jumladan, logotip va chatlardagi fon rasmini ham o‘zgartirishlari mumkin.

Ushbu imkoniyalar Telegramning yangi versiyasida allaqachon paydo bo‘lgan, agar siz bu qulayliklardan hali ham foydalana olmayotgan bo‘lsangiz, shunchaki messenjeringizni yangilab yuboring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring