Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegram bildirishnomalarida o‘z ringtoningizni o‘rnatishni bilasizmi?

Telegram bildirishnomalarida o‘z ringtoningizni o‘rnatishni bilasizmi?

Foto: Medialeaks

Telegram messenjerida o‘zingiz yoqtirgan musiqani shaxsiy chatlar, guruhlar, kanallar va hikoyalar bildirishnomalari uchun ovoz sifatida foydalanishingiz mumkin.

Buning uchun:

  1. Telegramni ochib, “Sozlamalar”ga o‘ting.
  2. “Bildirishnomalar va tovushlar” bo‘limiga kiring.
  3. “Shaxsiy chatlar”, “Guruhlar”, “Kanallar” yoki “Hikoyalar”ni tanlang.
  4. “Tovush” → “Tovush yuklash”ni bosing.
  5. “Fayllar” ilovasi ochiladi. Ringtonni tanlang va yuklang — .mp3 formatda (300 Kb dan oshmasin) bo‘lishi shart.
  6. “Tayyor” tugmasini bossangiz, sizning ringtoningiz shaxsiy chatlar, guruhlar yoki kanallar bildirishnomalari tovushiga aylanadi.

Bundan tashqari, “Tovush” bo‘limidagi 50 dan ortiq tayyor ringtonlardan foydalanishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring