Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Docs endi tez formatlash uchun bir nechta matn qismlarini tanlash imkonini beradi

Google Docs endi tez formatlash uchun bir nechta matn qismlarini tanlash imkonini beradi

Foto: "Habr.com"

Google Docs’ning so‘nggi yangilanishi bir vaqtning o‘zida bir nechta matn qismini tanlash imkoniyatini taqdim etdi. Funksiya hujjatlarni tezroq va qulayroq tahrirlashga yordam beradi. Misol uchun, foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida barcha sarlavhalarni tanlashi va ularni formatlashi mumkin.

Yangilanish sahifasida kompaniya ushbu xususiyat barcha Google Docs foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lishini ta’kidladi. Funksiya 2022 yil 25 maydan boshlab bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Xabar qilinishicha, uni sozlamalarda o‘chirib bo‘lmaydi.

Rejimni faollashtirish uchun macOS’da Ctrl + Alt + Shift yoki Ctrl + ⌘ + Shift tugmalar birikmasini bosib ushlab turishingiz va sichqoncha bilan kerakli bo‘laklarni tanlashingiz kerak. Shundan so‘ng kombinatsiyani qo‘yib yuborib, barcha tanlovlarga qo‘llaniladigan va hujjatning qolgan qismiga ta’sir qilmaydigan formatlash opsiyasini belgilashangiz mumkin.

2022-yilning aprel oyida Google o‘zining hujjatlarni onlayn tahrirlash vositasiga bir qator yangiliklarni qo‘shdi. Shunday qilib, o‘tgan oyning boshida kompaniya Google Docs’dagi Markdown’ning cheklangan qo‘llab-quvvatlanishi endi foydalanuvchilar uchun mavjud ekanligini e’lon qildi. Shu bilan birga, hujjatlarda jamoaviy ish uchun emoji ko‘rinishidagi reaksiyalar paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring