Fotosuratdan keraksiz narsalarni qanday olib tashlash mumkin?
Uzoq vaqt ko‘rishmagan qadrdoningiz bilan esdalik uchun suratga tushish yaxshi, ammo atrofda sizga yoqmagan narsalar ham kadrga muhrlanib qolsa dilni xira qiladi. Shunday paytlarda darrov fotosuratni o‘chirib tashlashga shoshilmang!
Chunki Remover.zmo.ai orqali fotosuratlardan barcha keraksiz narsalarni osongina olib tashlash mumkin. Mazkur sun’iy intellekt yordamida istalgan ob’yektni olib tashlash va yetishmayotgan fonni to‘ldirishga qodir.
Shuningdek, Remover.zmo.ai orqali rasmdan nafaqat keraksiz kadrlarni olib tashlash, balki kiyimlardagi matnni ham o‘chirish, ko‘zgulardagi akslarni yopish, suv belgilarini yashirish va yana bir qancha ishlarni amalga oshirish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter