Ehtiyot bo‘ling: Chegirmalar va aksiyalar qurboniga aylanib qolmang!
Chegirmalar mavsumida firibgarlar onlayn do‘kon xaridorlarini aldashga juda ko‘p harakat qilishmoqda.
Kasperskiy laboratoriyasi mutaxassislari firibgarlikning eng keng tarqalgan usullari haqida ma’lum qilishdi.
Hamda yil boshidan beri tarmoqda aniqlangan fishing veb-resurslari sonini ham oshkor qilishdi.
Ko‘pincha tajovuzkorlar ikkita usulga tayanadilar: fishing va firibgarlik.
Birinchisi, soxta saytni haqiqiy onlayn do‘kon sifatida yashirish bo‘lib, bu yerda foydalanuvchi aslida mavjud bo‘lmagan mahsulot uchun pul to‘laydi.
Agar foydalanuvchi oddiygina bank kartasining tafsilotlarini oshkor qilsa ham, undan pul yechib olinishi mumkin.
Ikkinchisi esa foydali takliflar niqobi ostida pul undirish. Masalan, soxta chegirma yoki aksiyalar.
Kasperskiy laboratoriyasi joriy yil avvalidan beri deyarli 31 million fishing hujumlarini aniqladi.
Ko‘pincha firibgarlar kiyim-kechak, maishiy texnika va elektronikani sotishga harakat qilishadi. Hatto Apple gadjetlari ham bundan mustasno emas. Bu yil butun dunyo bo‘ylab ushbu brend haqida 2,8 million fishing hujumlari amalga oshirildi.
Mutaxassislar foydalanuvchilarga bunday firibgarlardan himoyalanishning bir necha yo‘llari borligini eslatib o‘tishdi.
Jumladan, notanish havolalarga kirmang, elektron xatlardagi qo‘shimchalarni ochmang, buyurtma berishdan avval sharhlarni yaxshilab o‘qing va saytlarning haqiqiyligini tekshiring.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter