Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chrome’da skrinshotni tahrirlash mumkin

Chrome’da skrinshotni tahrirlash mumkin

Foto: "habr.com"

Google o‘zininng Chrome Canary test tuzilmalariga  sahifa skrinshotlarini tahrirlash uchun tasvir muharririni (chrome://image-editor/) qo‘shdi. Ushbu tuzilmalar Chrome 103 versiyasini chiqarish uchun asos bo‘ladi.

Muharrir yordamida tasvirlarni kesish, hududlarni tanlash, chizish, ranglarni tanlash, matn teglarini qo‘shish va odatiy shakllarni, shuningdek, chiziqlar, to‘rtburchaklar, doiralar va o‘qlarni ko‘rsatishga imkon beradi.

Ushbu funksiyani yoqish uchun "chrome://flags/#sharing-desktop-screenshots" va "chrome://flags/#sharing-desktop-screenshots-edit" sozlamalarini faollashtirishingiz talab etiladi.

Keyin, manzil panelidagi Share menyusi orqali skrinshot yaratish kerak, skrinshotni oldindan ko‘rish bilan Edit’ni bosib va tahrirlovchiga o‘tish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring