Zoom bo‘lmasa, boshqasi... Video konferensiyalar uchun ajoyib ilovalar
Agar siz masofaviy ravishda onlayn ta’lim olsangiz, tabiiyki Zoom ilovasiga ishingiz tushadi.
Frilanserlik bilan shug‘ullanuvchilar ham horijlik hamkorlar va mijozlar bilan ish yuzasidan turli majlis va konferensiyalarda aynan Zoom orqali ishtirok etishga majbur bo‘ladilar.
Masofamizni qanchalik yaqin qilib, mushkulimizni oson qilmasin, baribir Zoom ham bir qancha kamchiliklardan holi emas. Balki siz uning o‘rnini bosuvchi yaxshiroq muqobilini qidirayotgandirsiz?
U holda, biz sizga biz sizga bir nechta ilovalarni taqdim etamiz. Xususiyatlaridan kelib chiqib, qay birini tanlash esa o‘zingizga havola.
Windows 11 da o‘rnatish mumkin bo‘lgan ushbu ilova yordamida 300 tagacha bo‘lgan ishtirokchilar naq 1 soat davomida hech qanday uzulishlarsiz, bemalol yig‘ilishda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ular konferensiya davomida hamkasblari bilan fayl almashishlari hamda fon va jonli taglavhalarni o‘zgartirishlari ham mumkin.
Mazkur ilovaning asosiy qulayliklaridan biri undan boshqa google vositalari yordamida ham bemalol foydalanish mumkin. Ilovadan bepul foydalanish davomida Zoomdan 20 daqiqa ko‘proq vaqt mobaynida 100 kishilik onlayn konferensiyalar a’lo darajada o‘tadi.
Nomidan ko‘rinib turganidek, Sberbank mahsuloti hisoblangan mazkur ilovani brauzer va ilovalarga qo‘shimcha ravishda uni SberPortal smart displeyida yoki SberBox Top yig‘ilish xonalarini jihozlash qurilmasida ishga tushirish mumkin.
Bepul versiyada hech qanday cheklovlarsiz naq 200 kishilik anjuman o‘tkazish mumkin. Anjuman davomida siz jarayonni videoga olishingiz va ishtirokchilardan aynan kim nutq so‘zlayotganini avtomatik tarzda aniqlashingiz mumkin.
Ushbu ilovaning «hammasi ekranda» rejimida 20 tagacha, «video dars» rejimida 36 tagacha, «videoselektor» rejimida esa 40 tadan 120 tagacha kishi ishtirok etishi mumkin.
Ilovada shuningdek, videokonferensiyadan tashqari xabar almashish funksiyasi ham mavjud.
Bepul versiyada 100 tagacha, pullik versiyalarda esa 300 tagacha bo‘lgan foydalanuvchilarga naq 24 soatgacha konferensiyada qatnashish imkonini beruvchi xizmat. Mazkur ilovad seanslarni yozib olish imkoni mavjud.
Garchi Android va iOS uchun mo‘ljallangan Windows, Linux va MacOS kabi barcha asosiy platformalar uchun maxsus ilovalar mavjud bo‘lsada, VideoMost xizmatidan brauzer orqali ham osongina foydalanish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter