Twitter "soqqali ish" boshladi

Twitter kompaniyasi Apple Pay va PayPal kabilarga raqobatchi bo‘la oladigan to‘lov tizimi yaratish ustida ishlamoqda.
O‘tgan yili Ilon Mask to‘lovlar bozoriga kirib kelish niyatini ma’lum qilgan. Hozirda bu bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bilan mahsulotlar boshqaruvi direktori Ester Krouford shug‘ullanmoqda. Yaqinda litsenziya uchun so‘rov topshirildi.
Yangi to‘lov tizimi avvaliga an’anaviy valyutalar, so‘ng kriptovalyutani qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu biznesdan Mask 2028 yilgacha 1,3 milliard dollar daromad kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter