Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Tesla" yana yopildi. Bu gal karantin sabab emas

Foto: "Habr.com"

"Tesla"ning Shanxaydagi zavodi ikki haftaga yopildi. Bu gal sababi karantin emas, balki modernizatsiya bilan bog‘liq. Faoliyat iyul oyining ilk ikki haftasi davomida to‘xtatib turiladi. Bu vaqt ichida ishlab chiqaruvchanlik mustahkamligi yangilanadi.

Shundan so‘ng kompaniya elektromobillar ishlab chiqaruvini oshirmoqchi va iyul oyi yakunidayoq rekord natijadan umid qilyapti. Birgina Shanxayning o‘zida haftasiga 22 mingta elektromobil yetkazib berish niyatida.

Avval ham bir necha marotaba kompaniya karantin bois faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Shu sabab buyurtmalarni yetkazish biroz cho‘zildi. "Tesla" mashinalariga buyurtma bergan avstraliyaliklar 2023 yil 1-choragigacha, yevropaliklar 2022 yilning 4-choragigacha kutishlari kerak. Xitoylikliklar esa 10 haftadan 24 haftagacha sabr qilsalar kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring