Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram’da pullik Premium obuna bo‘ladi

Telegram’da pullik Premium obuna bo‘ladi

foto: "habr.com"

Telegram reklama platformasini ishga tushirgach, messenjerda Premium obunasini joriy qilishni rejalashtirmoqda. U foydalanuvchilarga qo‘shimcha pullik funksiyalarni taqdim etadi.

Telegram Beta kanali iOS uchun Telegram ilovasining 8.7.2 beta-versiyasida Telegram Premium’ga eksklyuziv sifatida belgilangan ko‘plab ramzlar va reaksiya stikerlarini topdi. Bunday stikerlarni tanlashda foydalanuvchidan pullik xizmatga ro‘yxatdan o‘tish taklif qilinadi. Shu bilan birga, bepul versiya foydalanuvchilariga premium stikerlarni yozishmalarda ko‘rish taqiqlanadi, buning o‘rniga ularga premium xizmatiga obuna bo‘lish taklif etiladi.

Obunachi sifatida bunday foydalanuvchilar o‘z nomlari yonida yulduzcha belgisiga ega bo‘ladilar.

Yana bir yangi xususiyat avatarlarda namoyon bo‘ladi. Bu foydalanuvchilarga oddiy yoki naqshli avatar yaratishda gradiyentlarni ramzlar, stikerlar yoki monogramlar bilan birlashtirish imkonini beradi. Bu xususiyat macOS uchun mo‘ljallangan beta-versiyasida topilgan.

Telegram pulli obuna haqidagi xabarlarga hali rasman izoh bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring