Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SpaceX harbiylarni sun’iy yo‘ldoshli internet bilan ta’minlaydi

SpaceX harbiylarni sun’iy yo‘ldoshli internet bilan ta’minlaydi

Foto: "3dnews.ru"

SpaceX Yevropa va Afrikadagi amerikalik harbiylarni Starlink sun’iy yo‘ldoshli internet bilan ta’minlamoqchi. Kompaniya bunga oid 1,9 million dollarlik shartnomani imzoladi.  

Ushbu internetning ulanish tezligi 500 Mbit/s. Kompaniya ikki turdagi xizmatni taklif qilmoqda: ma’lum joylarda va turli joylarda sun’iy yo‘ldoshni qamrab olish.

Harbiylarni internet bilan ta’minlash bo‘yicha yana bir qancha variantlar bor edi. Masalan, OneWeb, Amazon Kuiper, Telesat kabilar. Ammo sinovlardan so‘ng faqat Starlink kerakli vaqtda maxsus aloqa xizmatini taqdim eta oladigan yagona provayder, deb topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring