Kelajak avtomobili tug‘ilmoqda
Ikki gigant hamkorligida asos solingan Sony Honda Mobility kompaniyasi Afeela elektr sedani loyihasini taqdim etdi. U nafaqat transport, balki interaktiv ko‘ngilochar vosita sifatida ham mijozlarni jalb etishiga umid qilinmoqda.
Mashinadagi raqamli asboblar paneli alohida e’tiborga loyiqdir. U haydovchi va yo‘lovchi uchun juda ko‘p noodatiy imkoniyatlarni ochib beradi. Yon kameralardan tasvirni aks ettiruvchi alohida displeylar mavjud.
Ta’kidlashlaricha, Afeela haqiqiy kelajak avtomobili bo‘la oladi. Bu mashina bilan hamkorlar avtomobil bozorida o‘z o‘rnini topishiga ishonch bilan qarashyapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter