Jassiga o‘xshashi yo‘qmi yoki..?

Amazon kompaniyasining 29,2 mingdan ortiq xodimi masofadan ishlash tartibining bekor qilinishiga qarshi chiqishmoqdi. Ular o‘z noroziliklarini ariza orqali bayon qilishdi.
Uch hafta oldin bosh direktor Jassi endilikda xodimlar haftasiga kamida 3 marta ofisga kelib ishlashlari kerakligini e’lon qilgan edi.
Murojaatchilarning ta’kidlashicha, ofisga borib ishlashning majburiy bo‘lganligi Amazon bosh direktori Jassi tomonidan ilgari aytilgan bayonotlarga mutlaqo zid.
O‘tgan yili kompaniyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Amazon xodimlarining 56 foizi masofaviy ishlashni afzal ko‘rgan, qolgan 31 foizi esa haftasiga bor-yo‘g‘i 1-2 martagina ofisga kelishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan.
Albatta bu xodimlarni haftasiga 3 kun ofisda o‘tirib ishlashga majburlash qaroridan farq qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, respondentlarning atigi 14 foizi bu qarorni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter